Genau mahsulotlarining barchasi Genau Care premium qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan ta’minlangan. Bu shuni anglatadiki, siz yirik hajmdagi mahsulotni hech qayerga olib borishingiz shart emas – biz uni bevosita uyingizda ta’mirlaymiz. Agar mahsulot kichik hajmli bo‘lsa, uni servis markaziga olib borish va qaytarib yetkazish vazifasini o‘zimiz bajaramiz.
Genau kompaniyasi Toshkent shahrida rasmiy sertifikatlangan mutaxassislarga ega. Ammo, mutaxassis faqat shahar ma’muriy chegaralari doirasida chiqish qilishi mumkin. Shahar tashqarisiga chiqish imkoniyati individual ravishda qo‘shimcha to‘lov asosida kelishiladi.
Agar sizning yashash joyingizda servis markazi bo‘lmasa yoki mutaxassis chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, biz muammoni masofaviy diagnostika qilamiz va sizga yangi ehtiyot qismini hamda almashtirish bo‘yicha videoko‘rsatmani jo‘natamiz. Bu jarayon ko‘p vaqt talab etmaydi va maxsus malaka zarur emas.